Bugun Toşkent şahrida kun böyi yoqqan qor poytaxt haydovçilari uçun jiddiy noqulayliklar keltirib çiqardi. Biroq qulab tuşgan bir neça daraxt ham öziga yaraşa jiddiy taşvişga sabab böldi. Bunday hodisalar röy bergan joylardan olingan fotosuratlar Facebook va Telegram tarmoğida taqdim etildi.
Toşkent şahridagi Koreya elçixonasi yonida katta daraxtning qulaşi oqibatida bir neça avtomobilga zarar yetgan. Ma'lumotlarga köra, bu payt maşina içida heç kim bölmagan. Şuningdek, Furqat nomidagi boğ yonida va Abay köçasi böylab Qozoğiston elçixonasiga yetmay turib daraxtlar yölning qatnov qismiga qulagan. Bu holatlarda avtomobillarga zarar yetmagan, daraxtlar esa yölning qatnov qismini tösib qöygan, xolos.
Ma'lumot uçun, Respublika Gidrometeorologiya markazi kuni keça havo haroratining pasayişi, yoğingarçilik va şamolning kuçayişi haqida xabar bergandi.
















