Ruminiyaning bir qator şaharlarida oxirgi 25 yil içidagi eng yirik norozilik namoyişlari ötmoqda, ularning iştirokçilari soni 300 ming kişidan oşib ketdi. Bunday köp miqdorda odamlar Ruminiya şaharlari köçalariga 1989 yilda diktator Nakolaye Çauşesku ağdarilgandan keyin çiqmagandi.

Aholining ommaviy noroziligiga bir oy avval hokimiyat tepasiga kelgan hukumatning keng amnistiya ötkaziş qarori sabab böldi. Norozilarning fikriça, amnistiya oqibatida ozodlikka korrupsiyalaşgan amaldor va siyosatçilar çiqadi. Bundan taşqari, hukumat mamlakat jinoyat kodeksiga özgartirişlar kiritişga va korrupsiyaçilarga qöllanadigan jazoni ança yumşatişga qaror qilgan.

Noroziliklar politsiya bilan töqnaşuvlarga aylanib ketgan, poytaxt Buxarestda namoyişçilar çiqindilar va avtomobil pokrişkalarini yoqişgan. Politsiyaçilarga yonuvçi aralaşmali şişa idişlar va toşlar uloqtirilgan. Hukumat önlab kişilar hibsga olinganini ma'lum qildi. 

Ruminiya hukumati amnistiya e'lon qilinişini turmalarni böşatiş zaruriyati bilan tuşuntirgan. Amaldorlarning aytişiça, hozirda ular me'yoridan tölib-toşgan.