Toşkent şahar Içki işlar Boş boşqarmasining Tergov boşqarmasi rahbariyati tomonidan dastlabki tergov organlari işlari bilan boğliq muammolar yuzasidan ötkazilayotgan navbatdagi fuqarolar örtasidagi sayyor qabul Toşkent axborot texnologiyalari universitetida ötkazildi. Bu galgi uçraşuvda nafaqat Boş boşqarmaning tergov boşqarmasi tergovçilari, balki jinoyat qidiruv va terrorizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari ham iştirok etişdi.
Qabulga tergov boşqarmasi iş yurituvidagi jinoyat işi böyiça tegişli fuqarolar, advokatlar, harakatlari tergov organlarida körib çiqilayotgan şaxslarning oila a'zolari, ularning qonuniy vakillari, jabrlanuvçilar taklif etildi.
Qabul jarayonida yuzdan ortiq ariza va murojaatlar körib çiqildi. Aksariyat arizaçilarning talablari ular iştirokida şu joyning özida qanoatlantirildi.
Tergov xodimlari tomonidan yöl qöyilgan kamçiliklar Boş boşqarma rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, fuqarolarga huquqiy tuşunçalar berildi.
– Fuqarolarning jinoyat işi böyiça tuğilgan savollariga, uşbu işni körib çiqayotgan tergovçilar tomonidan şu yerning özida javob berildi,– deydi şahar IIBB Inson huquqlarini himoya qiliş va yuridik ta'minlaş bölimi boşliği örinbosari, podpolkovnik Tölagan Abdullayev. – Muammolarni bunday oçiq hal etilişining ikkita foydali tomoni bor, birinçidan yöl qöyilgan kamçiliklarni tuzatiş, ikkinçidan kelgusida bunday kamçiliklarga yöl qöymaslik. Şuningdek, Toşkent şahar Içki işlar Boş boşqarmasi boşliğining guvd.uz virtual qabulxonasi işga tuşirildi, natijada fuqarolar poytaxt içki işlar organlari faoliyatiga oid masalalar, muammolar, ariza, şikoyat yoki takliflar bilan Boş boşqarma rahbariga töğridan töğri murojaat qiliş imkoniyatiga ega böldi.










