AQŞning Eronga nisbatan sanksiyalari kuçaytirilgani ortidan jahon neft narxlari ham oşmoqda. Neft bozori savdosiga doir raqamlar şunday deyişga asos bölmoqda.
Toşkent vaqti bilan soat 10:18ga kelib, Brent navli neft aralaşmasining aprel oyi uçun fyuçers savdolaridagi narxi 0,35 foizga qimmatlaşib, bir barreli 57,01 dollardan sotilgan. WTI navining mart oyi fyuçersi ham 0,35 foizga kötarilib, bir barreli 54,02 dollarni taşkil etgan.
Eslatib ötamiz, Eron 29 yanvarda ballistik raketa sinovini ötkazganiga javoban, Vaşington Tehronga nisbatan röyxatini kengaytirgan edi.
Treyderlarning qayd etişlariça, AQŞ va Eron munosabatlaridagi keskinlikning kuçayişi Amerika sanksiyalarining yanada qat'iy tus olişidan darak berişi mumkin, deb xabar qiladi Reyter agentligi. Bu esa Eron neft eksportiga ta'sir qilişi ehtimol.
Biroq, neftning qimmatlaşuvi AQŞning uşbu sohadagi faolligi bilan muvozanatga keltirilmoqda. Xususan, Amerikaning Baker Hughes neftgaz servis kompaniyasiga doir ma'lumotlar şunday deyişga asos bölmoqda. Taşkilot hisobotiga köra, 3 fevral holatiga binoan, AQŞdagi neft qazib oliş burğulari soni 17taga yoki 2,4 foizga köpayib, jami 729taga yetgan. Yillik körsatkiçda 158 ta yangi burğilaş uskunalari örnatilgan.












