Andijon viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov boşçiligidagi işçi guruhi bugungi kun talabiga javob bermayotgan korxonalarda mutasaddi taşkilotlarning rahbarlari va tadbirkorlar bilan uçraşmoqda. Bundan közlangan maqsad ularni rivojlantiriş çoralarini köriş va mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda taşabbuskor tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş hisoblanadi.
Viloyat hokimligi saytida xabar qilinişiça, bugungi kunda Andijon şahrida xususiylaştirilgan 60ta yirik işlab çiqariş korxonalari samarali faoliyat yuritmayapti. Bu şahar iqtisodiyotining yuksalişiga salbiy ta'sir körsatiş bilan birga işlab çiqariş sur'atining pasayişi va ularda işlovçilar uçun işsizlik muammosini yuzaga keltirmoqda.
Viloyat hokimi Andijon şahridagi sobiq «Andijonmaş» zavodi va «Elektroapparat» korxonalariga taşrifi çoğida ayrim korxona rahbarlarining sustkaşligi sabab töla quvvat bilan işlamayotgan korxonalar xususida fikr bildirdi. Jumladan, yuqoridagi har ikki korxona öz davrida 3000 nafardan ortiq iş örniga ega bölgani, ularda tayyorlangan mahsulotlar içki bozordan taşqari eksport qilinganini ta'kidlab, bugungi holatini tanqidiy baholadi.
Şuhrat Abdurahmonov şu joyda işlab çiqarişni yölga qöyiş, zamonaviy dastgohlar olib keliş va yangi iş örinlari yaratiş istagidagi tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Ular uçun eng katta imkoniyat binolar nol qiymatda bepul beriladi.
Xabarda şunday imkoniyatga ega bölişni istaganlar Andijon şahar hokimligiga murojaat qilişlari söralgan.












