Özbekistonlik hojilar haj ziyorati, haj ibodatini yanada çiroyli ado etişlari uçun yildan yilga takomillaşgan va yaxşilangan xizmat körsatişga qaratilgan barça çora-tadbirlar amalga oşirilyapti.
Joriy yil Saudiya Arabistonining Haj va umra işlari vaziri doktor Solih Bentinning taklifiga asosan Özbekiston haj delegatsiyasi 18 yanvardan 25 yanvargaça Saudiya Arabistonida bölib, saudiyalik vazir bilan uçraşdi. Keyingi uçraşuvlar Haj vazirligining Makka, Jidda va Madinai munavvaradagi mutasaddilari bilan bölib ötdi. Uşbu uçraşuvlarda qator hujjat va bitimlar imzolandi.
“Bu bitimlardan kelib çiqib şuni ta'kidlaş mumkinki, kelayotgan haj mavsumi oldingi yillarga nisbatan yanada çiroyliroq, yangi sifat darajasiga ega böladi. Ötgan yili özbekistonlik hojilar Makkai mukarramadagi "Abroji Hidoya" mehmonxonasida töxtaşgan edi. Bu yil ham şu mehmonxona tanlanyapti. Uşbu mehmonxona ötgan yili qurib, foydalanişga topşirilgan bölib, unda özbekistonlik hojilar birinçilardan bölib töxtaşgan edi. 2017 yil kelayotgan haj mavsumida hojilarimiz yana uşbu mehmonxonaga borib tuşişadi. Ötgan yili hojilarimizning adadi (kvota) 5200 nafar bölgan bölsa, 2017 yilda bu körsatkiç 7200 kişiga köpaytirildi”, deb ma'lum qilgan Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot kotibi Jaloliddin Nuriddinov.
Uşbu holatdan kelib çiqqan holda Özbekiston musulmonlari idorasi va boşqa mutasaddi taşkilotlar zarur bölgan barça şaroitlarni amalga oşirmoqda. Özbekistonlik hojilar öz ziyoratlarini tölaqonli bajarişlari uçun, Makkadan Madinaga, Makkadan Mino va Muzdalifaga hamda Makkadan Jiddaga qaytiş uçun eng zamonaviy transport vositalari ajratilişi böyiça bitim imzolandi.
“Yana şuni aytib ötiş kerak-ki, Haj vaziri doktor Solih Bentin, Turkiya va Şarqiy Yevropa hojilariga xizmat körsatuvçi muassasa rahbari Toriq Anqoviy, Transport uyuşmasi rahbari general Ahmad Sinbava va Madinadagi mas'ullar Özbekiston haj delegatsiyasiga, Özbekiston hojilarining işçi guruhiga özlarining katta minnatdorçiliklarini izhor qilişdi”, deydi Jaloliddin Nuriddinov.
Xurşid Daliyev suhbatlaşdi











