Dmitriy Dyujyev rol ijro etgan yangi o‘zbek filmi suratga olib bo‘lindi
Rossiyalik taniqli kino va teatr aktyori, rejissyor, «Brigada», «Jmurki», «Ostrov» kabi serial va filmlarda bosh qahramon obrazini yaratgan Dmitriy Dyujyev 3 fevral kuni Toshkentga kelgani haqida avval ham xabar bergan edik.
Dmitriy Dyujyev, Ra'no Shodiyeva hamda Karim Mirhodiyev 4-5 fevral kunlari O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining birinchi bosqich talabasi Muxlisa Azizovaning ishchi nomi «U» («Ona») bo‘lgan filmida suratga tushdi.
Bungacha Muxlisa Azizova «Geolog: O‘limdan kuchli» deb nomlangan filmning loyiha muallifi hamda «Tinchlik sohili» deb nomlangan qisqa metrajli filmning postanovkchi rejissyori sifatida kino olami vakillari hamda muxlislarga yaxshi tanish.
“HD CINEMA”kinokompaniyasi filmni suratga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi pavilonida film uchun maxsus dekoratsiya hozirlandi.
54 kishidan iborat katta jamoa ikki kun mobaynida, uzviy davomiyligi 15 daqiqaga yaqin davom etadigan ishchi nomi «U» («Ona») bo‘lgan filmni suratga olish ishlarini yakunlashdi.
Dmitriy Dyujyev film ssenariysi, mavzusidan tortib, toki ijodiy jamoaning faolligi, yuqori darajadagi tashkillashtirilgan tashkilotchilik ishlarini alohida e'tirof qildi.
Filmning loyiha hamda g‘oya muallifi Abdujamil Sodiqov, ssenariy mualliflari Dilmurod Masaidov, Mansur Vasati, Operator Dilmurod Turdiboyev, Prodyuser Oybek Abdushukrov.
Filmni ovozlashtirish va montaj ishlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
70-xalqaro Kann kinofestivali uchun suratga olinayotagan mazkur filmning montaj va ovozlashtirish ishlari qachon yakunlanishi haqida hozircha aniq ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
07:55 / 08.04.2021
«O‘zbekkino» milliy agentligi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi
09:44 / 10.05.2017
«Kinematografiyani rivojlantirish markazi» ilk katta loyihasini amalga oshirdi
09:54 / 07.03.2017
Rolik: “Kann”da qatnashuvchi Dmitriy Dyujyev ishtirokidagi o‘zbek filmining suratga olish jarayoni
22:19 / 03.02.2017