Kremniy vodiysining doim band işbilarmonlari sportning turli turlari bilan faol şuğullanişadi. Ulardan qaysi biri köproq kilokaloriya sarflaydi? Forbes şu mavzuga murojaat qildi.

Sobiq moliyaçi, Funding Circle P2P- platformasi asosçisi Sem Xojyes özining Endurance Fitness sport zallari tarmoği uçun kredit jalb qilişda qiyinçiliklarga duç kelgan. Bir vaqtning özida ham şaxsiy kompaniya yaratib, ham maşqlar rejimiga amal qiliş qiyinligini öz boşidan ötkazgan - hatto bu kompaniyalar 5 fitnes-klub va 2 saykl-studiyadan iborat bölsa ham. Yaqinda ötkazilgan Funding Circle tadqiqotiga köra, köpçilik işbilarmonlar biznes bilan şuğullaniş va bir vaqtning özida jismoniy maşqlarni davom ettirişda qiyinçiliklarga duç kelişar ekan.

Tadqiqot yakunlariga köra:

  • kiçik biznes egalarining 25 foizdan köproği ularning jismoniy maşqlar bilan muntazam şuğullaniş uçun vaqtlari yöqligini aytişgan;
  • respondentlarning taxminan 45 foizi maşqlardan keyin özlarini yengilroq his qilişadi, 60 foizi esa bunday maşqlardan keyin öziga bölgan işonçi ortişini ta'kidlaşgan;
  • tört haftalik davr davomida faqat 12,97 foiz iştirokçigina rejalaştirilgan jismoniy maşqlarini vaqtida bajargan;
  • Söroq qilingan işbilarmonlarning uçdan ikki qismi rejalaştirgan maşqlaridan bir neçasi yoki hammasini ötkazib yuborişgan.

"Fitnes-ilhom"ni saqlab qoliş uçun Xojyes omadli işbilarmonlarning qay tariqa xuşbiçimlikni saqlab turişlari, sportning qaysi turlari bilan şuğullanişlari va kuniga qança kilokalloriya sarflaşlari borasidagi ma'lumotlarni töplaydi. Mazkur tadqiqot natijalari fotjamlanmada taqdim etiladi.

Mark Tsukerberg

Facebook boş direktori haftada beş kun şaxsiy dasturi asosida maşq qiladi.

Jismoniy maşqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 400 kkal/ haftasiga 1200 kkal.

Mark Kuban