Stoun Trampni Ukrainadagi mojarolarga doir hujjatlarni oshkor qilishga chaqirdi

foto : ria.ru
Amerikalik mashhur kinorejissyor Oliver Stounning fikricha, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosiga doir maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilishi kerak. Rejissyor Rossiyaning birinchi kanalidagi "Voskresnoye vremya" dasturida shunday fikrni bildirgan.
Uning fikricha, amerikaliklar vaziyatning haqiqiy ahvolini bilishmaydi. "Agar men prezident Tramp bo‘lganimda, Ukraina bo‘yicha barcha ma'lumotlarni oshkor qilgan bo‘lar edim. Suriya bo‘yicha ham, ammo birinchi bo‘lib Ukrainani, chunki aynan shu yerdan yangi sovuq urushi boshlanadi", — degan rejissyor.
Stoun Amerika yuqori doiralarining go‘yoki Rossiya "Qrimni bosib olgani, Donbassga harbiylarini yuborgani va umuman Ukrainaga tahdid solayotgani" haqidagi iddaolarini "ertak" deb baholadi. Rejissyorga ko‘ra, zamonaviy voqeliklar, shu jumladan Ukraina mojarosi ortida Amerika Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB) turibdi. Ukraina "sovuq urushning boshidanoq ularning nishoni bo‘lgan edi", -degan Oliver Stoun.
Stounning ta'kidlashicha, Vashingtonga urush boshlash uchun chuqur o‘ylangan bahona kerak.
"Bu ahmoqlik. AQShga qo‘rquv kerak, dushman kerak va bitta emas. Menimcha, Amerika qudrati dushmanlar asosida quriladi, chunki bu boylik keltiradi", — deya xulosa qilgan rejissyor.
Amerika kinoakademiyasining yuksak mukofoti "Oskar"ning uch karra sovrindori Oliver Stoun "Uoll Strit: Pullar uxlamaydi", "Egizak binolar", "Jon F. Kennedi: Dallasdagi fojia" kabi filmlarni suratga olgan. U jiddiy siyosiy mavzularda filmlar suratga olishi bilan mashhurdir.
Stoun 2016 yilda "Ukraina olov domida" nomli hujjatli filmini taqdim etdi. Unda 1941-2014 yillarda ushbu mamlakatda ro‘y bergan voqealar hikoya qilingan. Kartinada, xususan, Ikkinchi jahon urushi davrida faoliyat yuritgan milliy harakatlar haqida hikoya qiladi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amnesty International Rossiyada «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi
Jahon | 15:30
-
Fransiyada kriptobiznesmenlarga hujumlar seriyasi kuzatilmoqda
Jahon | 15:28
-
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi
Jahon | 15:21
-
Shavkat Mirziyoyev Vengriya ishbilarmonlari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 15:07
Mavzuga oid

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi

03:48 / 10.08.2020