AQŞ prezidenti Donald Trampning bayonot berişiça, Eron AQŞni «umuman hurmat qilmaydi» va «birinçi raqamli terrorçilik davlati» hisoblanadi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida söz yuritdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
«Eron umuman bizning mamlakatimizni hurmat qilmaydi. U birinçi raqamli terrorçi davlatdir. U mablağlarini qurollanişga sarflaydi», — degan Tramp.
Tramp Eronga nisbatan sanksiyalar qöllaş yordamida siyosat yuritişga va'da berar ekan, AQŞ «buni allaqaçon boşlagani»ni qöşimça qildi.
Amerika davlat rahbarining qayd etişiça, öz harakatlarini oldindan ma'lum qilmaydi. Trampning sözlariga köra, u har doim Barak Obamani Amerika harbiylari «Mösulga yoki boşqa hududlarga» safarbar qilinayotganini avvaldan aytgani uçun tanqid qilib kelgan.












