Joze Mourino bir necha oy oldingi gapidan tona boshladi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasining APLdagi o‘yinlariga baho berib o‘tdi.
«Mening jamoalarim uzoq yillardan beri yaxshi o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Ayniqsa Angliyada. Men murabbiylik qilgan jamoalar himoyada juda zo‘r o‘ynab, qarshi hujumlarda shafqatsiz bo‘lgan, biroq «bu yetarli emas...» qabilidagi gaplarni har hafta eshityapman. Shunga qaramay, men uch marta Angliyada chempionlikni qo‘lga kiritganman.
Biroq, bu mavsumdan himoyadagi va qarshi hujumdagi ajoyib klassik o‘yin san'at asari deb baholanmoqda. Bu Angliya uchun katta o‘zgarish.
O‘yin uslubimizni o‘zgartirmoqchi emasman. Qanday o‘ynayotgan bo‘lsak, shunday davom ettiramiz. Men zo‘r o‘ynab, vaziyatlar yaratadigan, lekin yakunda mag‘lubiyatga uchraydigan jamoa murabbiyi bo‘lib ishlashni istamayman. Biz gol urishimiz kerak va «Lester»ga qarshi uchrashuvda buni uddaladik», — deya gapirib o‘tgan Mourino.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda juda ko‘plab o‘yinlarda ochko yo‘qotgan jamoa o‘yiniga sabab qidirarkan Mourino, jamoasi zo‘r o‘ynayotgani, vaziyatlar yaratsada, omad kelmagani tufayli natijaga erisha olmayotganini ta'kidlab kelardi.
Mavzuga oid

19:46 / 30.07.2023
O‘rtoqlik o‘yini. «Man Siti» «Atletiko»ga yutqazdi, «Liverpul» «Lester»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

16:30 / 11.09.2022
«Lester»ning qulashi. Angliyaning 6 yil oldingi chempioniga nima bo‘ldi?

12:13 / 16.11.2021
«Roma»dagi asosiy maqsad, Mourinoning boshqalardan farqi, «Paxtakor»ga o‘tmagani, Babayan, Kuper, Abramov va Katanets davri taqqosi – Shomurodov bilan intervyu

23:29 / 15.05.2021