Suriya prezidenti Başar Asad uning oilasi hokimiyatni boşqarmaydigan holat bölişi mumkinligini inkor etmayapti. Uning fikriça, Suriya davlati barça suriyaliklarga tegişli bölgani sababli Başar Asad örnida har qanday suriyalik bölişi mumkin.
"Albatta, mamlakat mening oilamga tegişli emas. Suriya suriyaliklarga tegişli va har bir suriyalik uşbu lavozimni (prezident) egallaş huquqiga ega", — degan Suriya arab respublikasi rahbari Başar Asad, jurnalistning savoliga javob berar ekan.
Asadning Belgiya OAV vakillari bilan intervyusini SANA agentligi e'lon qildi.
Suriyaning hozirgi prezidenti Başar Asad 1965 yil 11 sentabrda Suriya harbiy-havo kuçlari qömondoni va havo hujumiga qarşi brigada generali Hafiz Asad oilasida dunyoga kelgan. Hafiz Asad 1970 yilda davlat rahbari bölgan edi.
Otasining vafotidan söng, 2000 yil 11 iyunda Başar Asadga general-leytenant unvoni berilgan hamda Suriya armiyasining oliy boş qömondoni lavozimini egallagan edi. Öşa yili hukmron Baas partiyasining s'yezdida partiya boş kotibligiga saylangan hamda prezidentlikka yagona nomzod sifatida ilgar surilgandi. Mamlakat parlamenti Başar Asadni prezidentlikka saylagan edi.












