Buyuk Britaniyada labrador-retriverda yaşil yungli kuçuk tuğildi, deb xabar berdi Daily Mail.

Noodatiy jonivor egalarining söziga köra, it juda ham kök rangda tuğilgan. Ular avvaliga jonivor qora rangli deb öylaşdi, biroq keyinçalik yungning rangi yaşil ekanini payqaşgan.

"Biz hayratga tuşdik va "yaşil itlar bölmaydi" deb bir-birimiz bilan bahslaşdik", - deya aytib ötdi jonivor egasi Elani Kuper. Itning onasi jigar rangda.

Daily Mail’ning yozişiça, ğayritabiiy rang it yöldoşida biliverdin moddasining köpligi bilan boğliq. U gemoglobin parçalanişidagi oraliq modda hisoblanadi. Xabarlarga köra, yaşil rang bir neça haftadan söng yuvilib ketadi.

Kuçukni "Şrek" multfilmidagi qahramon şarafiga Fifi deb ataşdi. Egalari uni sotib yuborişni möljallamoqda.