Eron Islom Respublikasi diniy rahnamosi, Eron qurolli kuçlari boş qömondoni oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakat AQŞ tomonidan tahdidlarga 1979 yilgi inqilobga 38 yil töladigan 10 fevral kuni javob berilişini aytib ötdi. Bu haqda Press TV telekanalida ma'lum qilindi.
«Heç bir duşman Eron xalqini parçalab yubora olmaydi», degan rahnamo. U Eron Vaşingtonning tahdidlariga islom inqilobi bayramida javob qaytarilişini ta'kidlagan.
Uning sözlariga köra, AQŞ IŞID ortida turadi, Iroq va Suriyadagi uruşlar esa Eron zarariga işlaydi.
Eron va AQŞ munosabatlari Donald Trampning ma'muriyati olib borayotgan siyosat tufayli yana yomonlaşdi. AQŞning yangi prezidenti Eron bilan munosabatlarda avvalgi prezident Barak Obama kabi "yumşoqköngil" bölmasligini ma'lum qildi. U Eron bilan 2015 yilda imzolangan yadroviy kelişuvni tanqid ostiga oldi.
Ötgan oy oxirida Tramp eronliklarning AQŞga kirişini vaqtinçalik çeklaş nazarda tutilgan farmonini imzoladi. Eron tomoni ham bunga javoban amerikaliklarga viza berişni töxtatdi.
4 fevral kuni AQŞ Eron bilan munosabatlar taranglaşgani tufayli Yaman qirğoqlari yaqinida harbiy kemasini joylaştirdi.
Undan oldinroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronning raketa sinovlariga harbiy javob berilişini istisno etmagandi.
5 fevral kuni Donald Tramp Eronni «birinçi raqamli terrorçi davlat» deb atab, Tehronni AQŞni mutlaqo hurmat qilmaslikda aybladi.












