Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Rossiya bilan kutilayotgan oçiq nizoga nisbatan munosabat bildirdi. Lukaşenko Tramp Putinni poyezdda öz yoniga emas, 20-vagonga (Rossiya iqtisodiyoti neçançi örindaligiga qarab) ötkazişini taxmin qildi. AsiaPlus'da şu haqida ma'lumot va video taqdim etildi. 

Lukaşenko Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning Belarus bilan çegara zonasi rejimini tiklaşga doir qaroridan keyin Rossiyani tanqid qildi. 

"Tramp - Amerika prezidenti, uning şiori "Amerikani qudratli qilamiz"... Biz Putin bilan bu muammoni muhokama qilganimizda men uning savoliga öz nuqtai nazarimni bildirganman. Tasavvur qil, deganman, muzokaralar stolida ötiribmiz, biz ikkimiz va qarşimizda Tramp yoki sen u bilan, töğrida esa "Amerikani qudratli qilamiz" şiori yozilgan. Sen qaysi vagonda ötirasan? Birinçi vagonga özlari bilan ötkazişmaydi, 27- yoki 20-vagonga ötkazişadi, xuddi Rossiya iqtisodiyoti kabi. 20-örin - 20-vagon. Rozi bölarmiding? Yöq, men xam rozi bölmasdim. Bunga keyin qanday munosabat bildiriş mumkin? Amerikadagi prezidentni siz sayladingiz, axir. U ham yomonmi? Obama ham yomon, bu ham, şundaymi? Şuni yaxşi tuşunib yetiş kerakki, Amerika öz davlati manfaatini ustun qöyadigan prezidentni sayladi, Rossiya yo Belarus manfaatini emas. U ba'zilar öylagandek ahmoq ham emas", - dedi Lukaşenko.