Moskva tuman prokuraturasi özlarini ekstrasens deb körsatib odamlarni aldab, ularning pullarini özlaştirgan tovlamaçilar guruhi bilan boğliq jinoyat işini sudga jönatdi. Ön kişidan iborat guruhga yoşi 22dan 44gaça bölgan Rossiya, Özbekiston va Ukraina fuqarolari kirgan, deb yozmoqda Sputnik.
Tergovga köra, gumondorlar 2014 yil yanvardan 2015 yil oktabrgaça "ekstrasens" va "folbinlar" guruhini taşkil etişgan. Mijozlarni jalb etiş uçun ular OAVda reklama joylaştirgan.
Parapsixologiya, ekstrasensorika va tabiblik xizmatlari ostida ular maxsus seanslar yordamida mijozlarning barça muammolarini hal qilişga işontirib odamlarning pullarini olişgan. Soxta tabiblar telefon orqali fuqarolarni seanslarga yana kelişga hamda maxsus tumorlarni sotib olişga majburlaşgan. Ularning sözlariga işonmaganlarni esa yomon oqibatlar va hattoki ölim bilan qörqitişgan.
Tovlamaçilarning harakatlaridan jami 55 kişi jabr körgan. Ular mijozlarning jami 20 mln rubl pulini olişgan.
Guruh 2015 yil oktabrda — uning taşkilotçilaridan biri Vladimir Kovalçuk va uning şeriklari operativ tadbir davomida qölga olinganida foş böldi. 2016 yil fevralda uning faoliyatiga çek qöyildi.
Xabarda qayd etilişiça, ayni paytda sakkiz ayblanuvçi qamoqda saqlanmoqda, ikki nafar ayblanuvçiga esa uy qamoği jazosi qöllanilgan. Rossiya Jinoyat kodeksining 159-moddasi (uyuşgan guruh tomonidan fuqarolarga jiddiy zarar yetkazuvçi tovlamaçilik) böyiça jinoyat işi Moskvaning Gagarin tuman sudiga yuborildi.











