Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublika boş prokurori bilan uçraşdi, deb xabar qilmoqda Akorda matbuot xizmati. Jakip Asanov huquq-tartibot idoralarining 2016 yilgi faoliyatiga doir hisobot bergan va joriy yildagi rejalar xususida ma'lum qilgan. 

Nazarboyev mamlakatda jamoat xavfsizligini ta'minlaş borasida olib borilayotgan islohotlar muhimligini ta'kidlab, jinoyatlar soni ösişiga yöl qöygan huquq idoralari jazolanganini qayd etgan. 

"Şu sababli ma'lumotlarni sun'iy ravişda töğirlaşdi. Endilikda, barça qonunbuzarlikka doir ma'lumotlar majburiy ravişda röyxatga olinişi kerak", - degan Qozoğiston rahbari. 

Davlat rahbari prokuraturaning qonunçilik me'yorlariga rioya qilinişidagi örniga alohida töxtalib, uçraşuv natijalariga köra, aniq topşiriq va körsatmalar bergan.