08:38 / 07.02.2017
21392

Rossiya prezidentini haqoratlagan jurnalist kechirim so‘rash niyatida emas

Rossiya prezidenti Vladimir Putinni "qotil" deb atagan Fox News telekanali boshlovchisi Bill O'Reyli aytgan so‘zlari uchun kechirim so‘rash niyatida emasligini bildirib qo‘ydi. 

Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml jurnalistning Putin nomiga aytgan so‘zlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi va ular haqoratli ekanini hamda bu so‘zlar uchun uzr so‘rashlarini kutib qolishini aytgan. Rossiya jurnalistlar ittifoqi hech kim boshqa kimnidir qotillikda ayblashga huquqi yo‘qligini aytgan.

"Men kechirim so‘rash ustida ishlamoqdaman, biroq bu ma'lum vaqt olishi mumkin. Buni 2033 yillarga kelib tekshirib ko‘rishingiz mumkin", deb kesatiq bilan javob bergan O'Reyli 6 fevraldagi ko‘rsatuvida.

Bundan avvalroq O'Reyli AQSh prezidenti Donald Tramp bilan intervyusida G‘arbning Moskvaga qo‘ygan ayblovlarini eslatib o‘tgan va Putinni "qotil" deb atagan. "Nima siz bizning davlat shunchalik beayb deb o‘ylaysizmi?", deb bunga javob bergan Tramp va "AQSh Rossiya bilan ixtilofga borgandan ko‘ra, aksincha, u bilan til topishgani yaxshiroq bo‘lishini" aytgan.

Keyinroq AQSh senatidagi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnel Tramp intervyusidan ko‘rsatilgan lavhaga izoh berarkan, u ham Putinni "qotil" deb atagan.

Top