Tojikiston poytaxtida 150 kun obodonçilik davri deb e'lon qilindi. Bu haqida news.tj saytida xabar berildi. 

Aktsiya 1 fevraldan 27 iyun - Tojikiston milliy birlik kuniga qadar ötkaziladi. Aynan tinçlik kelişuvi imzolanganining 20 yilligi şarafiga poytaxt rahbari Rustam Emomali uşbu aksiya haqida e'lon qildi. 

Duşanbe hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, aksiya "Duşanbeni obodonlaştiriş – poytaxt aholisi vazifasi" nomi ostida ötmoqda. 

Hokimlik tomonidan imzolangan qarorga köra, şahar ma'muriyati, poytaxt taşkilotlari va korxonalari özlariga qaraşli hududlar, köçalar va yölaklarni kökalamzorlaştiriş böyiça çoralar körişlari kerak böladi. 

Hokim poytaxt tumanlari rahbarlariga hududlarda mamlakat biologlari tavsiya qilgan daraxt va gul köçatlarini ekişni taşkillaştiriş vazifasini berdi.