AQŞ yadro qurolini qöllaş doktrinasini bahorda körib çiqadi. Bu haqda Amerika harbiy-havo kuçlari ştab boşliği general Devid Goldfin ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
«Men bahorda yadro doktrinamiz qayta körib çiqilişini kutayapman. Men haqiqatan ham buni sabrsizlik bilan kutmoqdaman, çunki har qanday yangi ma'muriyatda bölgani kabi yadro komplekslarimizga yangiça qaraş vaqti keldi, deb hisoblayman», — degan general.
Goldfinning sözlariga köra, bu AQŞ mudofaa vazirligi «ma'muriyat ularni qaysi tomonga yöllamoqçi bölayotgani»ni tuşunişi uçun zarurdir. Ta'kidlanişiça, doktrinaning hozirgi tahriri sobiq prezident Barak Obama davrida qabul qilingan edi.
Amerika generalining umid bildirişiça, ma'muriyat nafaqat yadro kallaklarini yetkazib beriş vositalari, balki kallaklar soni va ularning quvvatiga doir munozaralarni ham ötkazadi.
Avvalroq, AQŞ va Pentagon razvedka xizmatlari Rossiya va Xitoyning yadro zarbalariga qançalik çiday oliş qobiliyatini baholaşi haqida xabarlar paydo bölgan edi.












