AQŞ milliy xavfsizlik vaziri Jon Kelli 7 fevralda AQŞ hukumati Meksika bilan çegarada devor qurişni rejalaştirişga kirişganini ma'lum qildi.  

"Mavjud qonunlarga köra, içki xavfsizlik vazirligi janubiy çegaradagi devorni rejalaştiriş, loyihalaş va quriş uçun barça zaruriy çoralarni zudlik bilan köradi", deb aytgan Kelli AQŞ kongressi vakillar palatasining tegişli qömitasidagi yiğilişda.

AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞni noqonuniy immigratsiyadan himoya qiliş uçun Meksika bilan çegarada devor qurişini aytgan. Trampning aytişiça, devor uçun meksikaliklar haq tölaydi. Biroq Meksika hukumati bunga javoban, heç qanday vaziyatda buni qilmasligini ta'kidlagan.