Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida va Oq uyga kelgandan keyin AQŞning asl yuzini körsatdi, deb aytdi Eron oliy yetakçisi oyatulloh Ali Hameneiy mamlakat harbiy-havo kuçlari qömondoni bilan uçraşuvda.  

"Biz Trampga AQŞning asl yuzini körsatgani uçun minnatdorçilik bildirişimiz kerak. U şu bilan işni osonlaştirdi. Biz 30 yil avval gapirgan gaplar, ya'ni AQŞ hukmron tizimining siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va ijtimoiy tubanlaşganini Tramp saylov oldidan va undan keyin oçiqçasiga namoyiş qildi", deb aytdi Hameneiy. 

Hameneiy AQŞga 7 ta musulmon davlat, jumladan Eron fuqarolariga kiriş taqiqlanganini eslatib ötdi.   

"Vaşingtondagi Dallas aeroportida oilasi bilan AQŞga qöyilmagan 5 yoşli bolaning qöliga kişan solindi. Bu hodisa AQŞdagi inson huquqlari bilan boğliq vaziyat aslida qandayligiga yaqqol misoldir", deb ta'kidlab ötdi Eron oliy rahnamosi.