AQŞ prezidenti Donald Tramp öz matbuot kotibi Şon Spayserning işidan qoniqiş hosil qilmayapti va Oq uy ma'muriyatining kommunikatsiyalar direktori lavozimiga yangi nomzod qidirmoqda. Bu haqda CNN telekanali öz manbalariga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Ayni vaqtda Spayser matbuot kotibi va kommunikatsiyalar direktori vazifasini uddalaşga harakat qilmoqda. Odatda, bu lavozimlarni ikki kişi egallaydi, deb xotirlaydi CNN.

"Donald Tramp Spayserning ilk ikki haftadagi işidan köngli tölmayapti", — deya qayd etgan telekanal.

Spayser uzoq vaqtdan beri AQŞ Respublikaçilar partiyasida faoliyat yuritadi va partiyaning sobiq raisi, hozirda Oq uy apparati rahbari Rins Pribasning yaqin safdoşi hisoblanadi. 

"Xodimlarni tanlaş jarayoniga yaqin manbalarga köra, Tramp Oq uyning ehtimol eng obröli lavozimlaridan biri uçun Spayserni tanlagani sababli Pribasdan norozi", — deb xabar qilmoqda CNN.

Ta'kidlaş joizki, CNN Oq uy ma'muriyatining eng yoqtirmagan OAVdan biri hisoblanadi. Trampning özi uşbu telekanal bilan doimiy ravişda axborot uruşini olib boradi va uni "soxta yangiliklar kanali" deb ataydi. Bunga javoban, telekanal ham prezidentni tanqid qilişdan çarçamaydi. 

Öz navbatida, Spayser OAV bilan munosabatlarni aniq qoidalar asosida olib borişga urinadi. Bunday holat AQŞ mulozimlari va siyosatçilariga xos bölmagan işdir. Xususan, u birinçi matbuot brifingida qisqa çiqiş qilgaç, jurnalistlarning savollariga javob bermay, zalni tark etgan edi.