Özbek zamini qadim-qadimdan dunyoni lol qoldiradigan iqtidorli olimlar, ixtiroçilardan tanqislik sezmagan.

Sarlavhani öqib: “Ijodkorlar juda oşirib yuboradi-da..”, deb homuza tortganingiz aniq. Men ham avvaliga işonmagandim. Borib, körib, tanişib söngra maqola yozişga ötirdim.

Samarqandlik qadrdon jurnalist yigit qönğiroq qilib: “Andijonni Böz tumanida mini-zavodlar işlab çiqaradigan UZMOLREKI ikkinçi nomi BÖZFARM korxonasi bor ekan. Öşa joydan makaron işlab çiqaradigan dastgoh olmoqçimiz”, deb qoldi. Töğrisi, mini-zavodlarni Çin yurtidan keltirilişini bilar edim... Qarangki, Andijonning Böz tumanida ham jahon andozalaridan qolişmaydigan (texnologik tomondan ulardan ham afzal) mini-zavodlar işlab çiqaradigan korxona bor ekan, deb xabar bermoqda korxonada bölgan Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov.

Meni korxona rahbari Ibrohimjon Saidoxunov kutib olib xonasiga boşladi. U yerda qaşqadaryolik tadbirkorlar bilan uçraşdik. “Men Qarşidagi “Tozalik malikasi” jamiyati rahbari Matlubaxon Ötaganovaman. Kir yuviş kukuni va sovun işlab çiqaradigan mini-zavodlar olib ketiş uçun keldim”,- dedi örta yoşli tadbirkor ayol.

21 yil oldin iş boşlagan korxona kimyo, oziq-ovqat, meva-sabzavot, farmatsevtik va kosmetik dastgohlar işlab çiqarar ekan. Çirçiqdagi quruq sut zavodi, Şahrixondagi “Edelveys” poyabzal korxonasi va Oltiariqdagi quruq sut işlab çiqaruvçi zavodlardagi dastgohlar şu yerda işlab çiqarilgan. Yana bir taajjublanarli holat barça dastgohlar konstruksiyasi va texnologiyasi korxonaning öziga tegişli. “Yaqinda turk firmalari poyabzal böyaş dastgohimizni texnologiyasini sotib olişmoqçi ham bölişdi”,- deydi Ibrohimjon. Tabiatan yangilik yaratişga intiluvçan Ibrohimjonni ixtirolarini körib, şoşib qolasan, kişi. 65 nafar işçi faoliyat yuritadigan korxonaga texnolog, kimyogar va biologlar Respublika böyiça tanlov ötkazib işga olinadi.

Korxonada tayyorlangan universal dastgohda esa 54 turdagi kuyuq oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş mumkin. Işonasizmi, Ibrohimjonning iş stolida kundalik ehtiyojimiz uçun kerakli mahsulotlar tayyorlaydigan juda köp dastgohlarning çizmalari bilan tanişdik. Jamiyat qoşida mutaxassislarga dastgohlarda iş olib borişni örgatadigan bepul kurs ham işlab turibdi.