Çili şimolida joylaşgan “Eskondida” mis koni işçilari payşanba kuni iş taşlaşni boşlaşmoqda. Bu haqda şaxta işçilari kasaba uyuşmasi seşanba kuni keçqurun xabar berdi.

"Vositaçilar iştirokidagi muzokaralarda kelişuvga erişilmadi. Hamma iş taşlaşga", - deyiladi 2,5 ming kişini birlaştiruvçi "Eskondida" koni kasaba uyuşmasi ittifoqi xabarida. Uning qaçongaça davom etişi noma'lum. Iş taşlaş 9 fevral kuni mahalliy vaqt bilan 8:00da boşlanadi.

Işçilarning sözlariga köra, "muzokaralarda kelişuvga kelmaslik" konni nazorat qiluvçi BHP Billiton kompaniyasi aybi bilan yuz berdi. Kasaba uyuşmasi turli imtiyoz va bonuslarni taqsimlaşda kompaniya xodimlarni eski va yangilarga bölmaslikni talab qilmoqda. Bundan taşqari, işçilar oylik iş haqlarini 7 foizga oşiriş va ulardan har biriga 38,6 ming dollardan pul tölaşni söraşgan. BHP Billiton ilgari surilgan talablarga rozi bölmay, 12 ming dollar miqdoridagi bonusni taklif qildi.

"Eskondida" koni korporativ masalalar böyiça vitse-prezidenti Patrisio Vilaplanning xabar berişiça, kompaniya iş taşlaş vaqtida mis qazib olişni töxtatmoqçi, sababi "operator va mutaxassislarning iş taşlaşi tufayli işçilar xavfsizligini kafolatlovçi şaroitlar yaratilmaydi". 

Ma'lumot uçun, "Eskondida" dunyoda mis qazib oliş hajmi böyiça eng yirik kon hisoblanadi. Çili toğ-kon kengaşi ma'lumotiga köra, dunyoda qazib olinadigan bu metallning taxminan 6 foizi aynan şu şaxtaga tegişli. 2015 yilda konda 1,2 million tonna mis qazib olindi.