FIFAda olib borilgan içki tekşiruv işlari natijasida korrupsiya bilan boğliq navbatdagi holatlar aniqlangan. Bu haqda öz manbasiga tayangan holda Bloomberg agentligi xabar tarqatdi.
Suriştiruvlar orqali federatsiyalarning tijorat şartnomalari va sobiq mulozimlarga pora beriş holatlari bilan boğliq tafsilotlar aniqlangan.
Tekşiruvlarni Quinn Emanuel Urquhart & Sullivan LLP yuridik firmasi ötkazgan, FIFA bu firma xizmati uçun 30 million dollardan ortiq mablağ sarflagan.
Firma suriştiruv natijalari böyiça aniqlangan barça ma'lumotlarni fevral oyi oxirida FIFA rahbariyatiga taqdim etadi.
Eslatib ötamiz, FIFAda korrupsiya bilan boğliq mojarolar 2015 yil bahorida boşlangandi. Öşanda taşkilot prezidentligiga beşinçi marta öz nomzodini qöygan Yozef Blatter, UYeFA rahbari Mişel Platini va boşqa yuqori martabali mulozimlarga nisbatan ayblovlar ilgari surildi. 2015 yilning dekabrida Blatter va Platini 8 yilga futboldan çetlatildi. 2016 yil fevralida diskvalifikatsiya muddati 6 yilga, may oyida Lozannadagi Sport arbitraj sudi Platinining apellyatsiyasini körib çiqib, uning diskvalifikatsiyasini kuçda qoldirdi, ammo muddat 4 yilga qisqartirildi.
2016 yilning iyunida FIFA 5 yil davomida Blatter, FIFAning sobiq boş kotibi Jyerom Valke va federatsiyaning sobiq boş direktori Markus Kattner 79 million şveysar frankidan ortiq mablağni özlaştirib yuborgani haqida ma'lum qildi.











