Juda köp sport turlari, jumladan, futbol öyiniga ham pul tikib, buni qimor körinişiga olib keliş holatlari uçrab turadi. Bu iş qay darajada töğri? Ana şunday mavzuga oid savol bilan muxlis.uz saytiga murojaat qilingan. Savolda şunday deyiladi?
“Assalomu alaykum. Ayni damda men xorijdaman. Bu yerda futbol öyinlariga pul tikib, bahslaşadigan kafelar mavjud. Taşrif buyuruvçilarning har biri, albatta, bu bahsda iştirok etadi. Yutgan mehmon kassadan belgilangan foizda öz yutuğini oladi. Şariatimizda bunday narsalarga qanday qaraladi?”.
Uşbu savolga «Şayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli javob qaytargan.
“Va alaykum assalom. Ma'lum şartlarga köra, futbol öynaş va tomoşa qiliş joiz. Lekin turli klublarga pul tikiş – qimor hisoblangani uçun – joiz emas. Uning ortidan topilgan pul harom sanaladi.
Xullas, şariatda futbol jamoalariga pul tikişga ruxsat etilmaydi. Musulmon odam bunday noşar'iy işlardan yiroq yuradi, bilmaganlarga aytib, ogohlantirib qöyadi”.











