Osiyo Çempionlar ligasi musobaqasining sönggi saralaş bosqiçida Saudiya Arabistonining «Al-Fath» klubiga qarşi safarda öyin ötkazgan Qarşining «Nasaf»klubi mağlubiyatga uçradi.
Öyinda mezbonlar 1:0 hisobida ğalabaga erişdi va turnirning guruh bosqiçiga yöl oldi, qarşiliklar jamoasi musobaqa bilan xayrlaşdi.
Öyindagi yagona gol Monteyro tomonidan birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda (45+2) jarima zarbasidan urildi.
Eslatib ötamiz, «Nasaf» ötiş turniridagi birinçi uçraşuvida Bahrayn çempioni hisoblangan «Al-Hidd» darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgandi.
OÇL-2017, ötiş öyini
«Al-Fath» - «Nasaf» — 1:0
Gol: 1:0 - 45 Monteyro
«Al-Fath»: Alovayşir, Hazazi, Al Ammar, Bulayhi, Aldavşari, Şarahili, Al Muso, Buhaymid, Al Hamad, Monteyro, Junior.
«Nasaf»: Quvvatov, Şorahmedov, Karimov, Ğaniyev, Abdurahimov, Golban, A'zamov, Hamrobekov, Sayfiyev, Narzullayev, Çeran.












