AQŞ mudofaa vazirligi Nyu-Yorkdagi Trump Tower osmonöpar binosidan xonalarni ijaraga olmoqçi. U yerda Amerika prezidentining oilasi istiqomat qiladi, deb yozmoqda Washington Post naşri.

Pentagon “Trump Tower’ning xonalarini ijaraga oliş uçun tegişli “kanallar” orqali işlamoqda...”, deb xabar bergan AQŞ mudofaa vazirligi vakili Jyeyms Brindl naşrga.

Ma'lum bölişiça, davlat taşkiloti prezident egalik qiluvçi binodan xonalarni ijaraga oliş maqsadida pul tölaşi Tramp moliyaviy manfaatlari va uning prezidentligi örtasida turli muammolarni keltirib çiqarişi mumkin, deb ta'kidlaydi naşr.

“Binoda joy xodimlar va uskunalarga kerak. Ular AQŞ prezidentiga öz qarorgohida kömak beriş bilan şuğullanadi”, - deya ta'kidlab ötgan vazirlik vakili.

Naşr ma'lumotiga köra, ular AQŞ maxsus xizmatiga yaqin bölmagan joyda joylaşişadi. Oq uy prezidentning rasmiy qarorgohi bölişiga qaramay, Nyu-Yorkdagi osmonöpar binoda Trampning oilasi, jumladan, rafiqasi Melanya va öğli Berron yaşaydi.

CNN telekanali ma'lumotlariga köra, ijaraga oliş uçun bir yilda 1,5 million dollar atrofida mablağ sarflanişi mumkin.