Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Afğoniston prezidenti Muhammad Aşraf Ğani va butun afğon xalqiga Afğonistonning şarqiy va şimoli-şarqiy viloyatlarida yuz bergan kuçli qor köçkilari oqibatida köplab insonlarning nobud bölgani, jarohat olgani va boşpanasidan ayrilgani munosabati bilan çuqur ta'ziya izhor etdi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Davlatimiz rahbari öz maktubida qurbon bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda sözlarini yetkazib qöyişni söradi», — deyiladi TIV axborotida.

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti Mamnun Husaynga mamlakatda sodir bölgan qor köçkilari tufayli insonlarning qurbon bölgani va jarohat olgani munosabati bilan çuqur ta'ziya izhor etilgan maktub yöllagan.

«Davlatimiz rahbari tabiiy ofat natijasida halok bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik sözlarini yetkazib qöyişni söradi», — deyiladi TIV axborotida.