Turkiya Taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli 9-10 fevral kunlari Ukrainaga taşrifini amalga oşiradi. Turkiya TIV bergan ma'lumotga köra, u Kiyevda Oliy darajadagi hamkorlik kengaşi majlisiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladi.

Çovuşöğli Ukrainaga ötgan yilning 20 dekabrida borişi kerak edi, ammo Anqarada Rossiya elçisi Andrey Karlovning öldirilişi tufayli uning safari qoldirilgandi.

"Bizning vazir Ukrainaga 9-10 fevral kunlari Turkiya va Ukraina TIV rahbarlari raisligida ötkaziladigan Oliy darajadagi hamkorlik kengaşi majlisiga tayyorgarlikni muhokama qiliş uçun boradi. U ukrainalik hamkasbi Pavel Klimkin bilan muzokaralar çoğida ikki davlat örtasida diplomatik aloqalar örnatilganiga 25 yil tölişi munosabati bilan özaro munosabatlarning istiqbollarini muhokama etadi. Bundan taşqari, Ukraina şarqida keyingi vaqtlarda yuzaga kelgan tarang vaziyat körib çiqiladi", deyilgan xabarda.

Şuningdek, muzokaralar yakunida vazirliklar örtasida maslahatlaşuvlar rejasi imzolanadi.

Çovuşöğli öz taşrifi davomida Ukraina prezidenti Petro Poroşenko, Ukraina boş vaziri Vladimir Groysman hamda qrim tatarlari va mesxeti turklari vakillari bilan uçraşişni rejalaştirgan.