8 iyun kuni Anqarada Turkiya va Rossiya taşqi işlar vazirlari örtasida uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda tomonlar Istanbulda Ukraina, Rossiya, Turkiya va BMT iştirokida «buğdoy koridori» taşkil qiliş böyiça muzokara ötkazişga tayyorligini ma’lum qildi. Ukraina buğdoyini jahon bozoriga olib çiqiş uçun Ukrainadagi portlarni minalardan tozalaş talab etiladi. Kiyev Rossiya bundan harbiy maqsadda foydalanmasligi böyiça kafolat söramoqda.
Rossiya tomoni har qança Ukraina buğdoyi dunyo uluşida kam hissani taşkil etişi haqida gapirmasin, köplab davlatlar ukrain buğdoyi bozorga çiqmasligi oziq-ovqat xavfsizligida jiddiy muammo deb qaramoqda. Ukraina Rossiyani uning buğdoylarini öğirlaganlikda ayblamoqda. Putin esa Ukrainadan buğdoyni olib çiqişda muammo yöqligini aytdi.
Rossiya Ukraina juda kam buğdoy yetiştirişini iddao qilayotgan bölsa-da, Turkiya poytaxtidagi uçraşuvda asosiy e’tibor aynan şu masalaga qaratildi. Şuningdek, Sergey Lavrov hamda Mavlud Çovuşöğli örtasidagi uçraşuvda Ukraina – Rossiya muzokaralarini tiklaş masalasi kötarilgan. Tomonlar oxirgi marta ikki oy avval aynan Istanbulda muzokaralarda iştirok etgandi.
Lavrov nima dedi?
Birinçi: Lavrovning aytişiça, Rossiya va Turkiya harbiylari Ukraina portlarini minalardan tozalaş va u yerdan buğdoyni olib çiqişni muhokama qilmoqda. Lavrov Ukraina hukumati va xususan prezident Zelenskiy bu suvlarni minalardan tozalab, jarayonni boşlaşga tayyorligini oçiqçasiga rad etayotganini iddao qildi. «Turkiyalik döstlarimizning aytişiça, Ukraina tomoni endilikda yoki hududni minalardan tozalaş yoki minalangan hududdan yölak taşkil qilişga tayyor», degan Lavrov.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ikki kun avval portlarni qayta oçiş uçun eng töğri yöl mamlakatga kemalarga zarba beruvçi raketalar taqdim etiş ekanini aytgandi. «Rossiyaning aytişiça, biz oziq-ovqat inqirozi paydo qilyapmiz, ammo biz Rossiyaning bu ritorikasini sindiramiz. Biz bunga tayyormiz, ammo bu uçun xavfsizlik koridori kerak», degandi Ukraina yetakçisi.
Ikkinçi: Çovuşöğli bilan uçraşuvdan keyin brifingda iştirok etgan Lavrov hozirgi holatdan harbiy maqsadlarda foydalanilmasligini aytdi. «Ukraina minalardan tozalaşni boşlasa, biz bu holatdan «maxsus harbiy amaliyot» doirasida foydalanmaymiz. Bu Rossiya prezidenti aytgan kafolat, biz uni amalga oşirişga tayyormiz», degan Lavrov. Rossiyada Ukrainadagi uruşni uruş deb ataş taqiqlangan. Putin va mulozimlari uruşni «maxsus harbiy amaliyot» deb atab keladi.













