YouTube’ning Rod Squad taxallusli foydalanuvçisi ön yoşli farzandi mehmonxonada Wi-Fi’ga ulanişga muvaffaqiyatsiz urinişdan keyin yiğlab yuborgani videosi çop etdi.
Foydalanuvçi videoga izohda mehmonxona ma'muriyati Wi-Fi tarmoğiga ulaniş körsatkiçlarini özgartirgani bolaning talvasaga tuşişiga sabab bölganini aytgan. Bola özining iPad’ida "Transformerlar" filmidagi lavhalarni körmoqçi bölgan. Biroq internetga urinişlari bekor ketgandan keyin bola yostiqqa yuz tuban yotib, höngraşni boşlagan.
Foydalanuvçi videokundalik olib boradi va unda öz oilasi hayotidan qiziqarli onlarni çop etadi. Uning kanalidagi roliklar odatda 100 ta namoyiş ham yiğmaydi, biroq bolakayning höngrab yiğlaşi videosini 3,5 ming dan köproq foydalanuvçi tomoşa qilgan.











