Çeçenistonlik futbol muxlislari mahalliy jamoa nomini özgartirilişini istaşmoqda.
Şu maqsadda mahalliy muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda «Terek» jamoasi nomini amaldagi rahbar Ramzon Qodirovning otasi şarafiga FK «Axmat» nomiga özgartirilişi böyiça maxsus petitsiyalar uyuştirişmoqda va imzolar yiğilmoqda.
Klub vitse-prezidenit Haydar Alxanov bu borada fikr bildirarkan ilgari ham şu kabi takliflar bölgani, lekin bu vaziyat jiddiy körib çiqilmaganini bildirgan.
«Terek» nomini «Axmat»ga özgartiriş taklifi ilgari ham bölgan, lekin bu jiddiy körib çiqilmagandi. Hozirgi takliflar böyiça qöşimça birorta ma'lumotga ega emasman», degan Alxanov.
Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov esa bu masalaga aralaşmasligini, bu faqatgina klub direktorlar kengaşi orqali hal etilişini ta'kidlagan.












