Fransiya poytaxti Parij şahridagi Eyfel minorasi öq ötkazmaydigan 2,5 metrli oynadan bölgan devor bilan himoyalanadi. Bu xavfsizlik maqsadida amalga oşiriladi, deb xabar bermoqda "Parizen" gazetasi.

Naşr ma'lumotiga köra, oyna joriy kuzdayoq örnatiladi. Unga taxminan 20 million yevro miqdorida mablağ sarflanişi kutilmoqda.

Eyfel minorasiga xizmat körsatiş jamiyati rahbari Bernar Goderning aniqlik kiritişiça, öq ötkazmaydigan tösiq Eyfel minorasi atrofidagi boğlarning köp qismini ham öz içiga qamrab oladi. Parij şahri yettinçi okrugi hokimi Raşida Dati ma'muriyati bu xabarga hozirça izoh bermadi.