Amerikalik qöşiqçi Madonna Malavidan 2 bolani asrab oliş jarayoni yakunlangani haqida ma'lum qildi.

«Men Malavidan opa-singil egizaklarni asrab olişim böyiça jarayon yakunlangani haqida rasman ma'lum qilaman, men juda ham baxtiyorman, endi ular oilamiz a'zolari», — deya yozgan u instagramdagi sahifasida.

U bolalarni asrab olişida yordam körsatgan kişilarga minnatdorçilik bildirgan.

«Döstlarimga, oilamga va jamoamga ham qöllab-quvvatlab turişgani uçun minnatdorçilik bildiraman», — deya qayd etgan Madonna.

Bundan oldinroq Madonnaga Malavida yana ikki bola asrab olişiga ruxsat berilgani haqida xabar qilingandi.