O‘zbekistondagi milliy va xalqaro oliy ta'lim muassasalarining qabul imtihonlariga juda qisqa muddat – 5 oy vaqt qoldi.
Ushbu 5 oyda samarali va uzluksiz ta'lim olib, bir vaqtning o‘zida 5 ta oliy ta'lim muassasasining talabasiga aylanasiz.
Agar ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermay, degan fikrda bo‘lsangiz, Sizga Time Education o‘quv markazining «5x5» (besh karra besh) loyihasini tavsiya etamiz.

Mazkur loyiha asosida 5 oy muttasil tayyorlanib, quyidagi nufuzli oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirasiz:
- Toshkentdagi Xalqaro Westminister universiteti;
- Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
- Toshkentdagi Turin politexnika universiteti;
- Toshkentdagi INHA universiteti;
- O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalaridan biri.
Time Education – o‘zining tezkor tayyorlash sistemasini ishlab chiqib, bir necha yildan buyon o‘ta qisqa muddatda o‘quvchilarni O‘zbekistondagi milliy va xalqaro oliy ta'lim muassasalarining qabul imtihonlariga tayyorlab kelmoqda.
Ushbu «5x5»loyihasi doirasidagi o‘quv tizimlari kompleksi o‘tgan 2016 yilda amalda sinab ko‘rilgan va o‘z natijasini berganligi bilan boshqa tizimlardan farqlanadi.

Qanday qilib birvarakayiga 5 ta oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshiraman?
- Toshkentdagi xalqaro oliy ta'lim muassasalarining filiallariga qabul imtihoni bir vaqtda o‘tkazilmasligi sababli har 4 ta oliygohga ham hujjat topshirishingiz mumkin.
- Bundan tashqari, O‘zbekistonning milliy oliy ta'lim muassasalarining ixtiyoriy bittasiga, odatda 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan qabul imtihonida qatnashishingiz mumkin.
















