APN - NTT kompaniyasining IOWN (Innovative Optical and Wireless Network) konsepsiyasidagi asosiy tarmoq texnologiyalaridan biridir. U butun tarmoq böylab optik signallar yordamida maʼlumotlarni uzatişni nazarda tutadi va signallarni optikdan elektrga va aksinça, özgartirişlar sonini kamaytiradi. Bunday yondaşuv tarmoq ötkazuvçanligini oşiriş, maʼlumotlarni uzatişdagi keçikişni kamaytiriş va energiya isteʼmolini qisqartiriş imkonini beradi.

Loyihaning 2026-yilda amalga oşiriladigan birinçi bosqiçida APN ulanişi Ohangaron va Toşkent viloyatining Zangiota tumanidagi Uztelecom maʼlumotlar markazlarini boğlaydi. Kanalning maqsadli ötkaziş qobiliyati 800 Gbit/s ni taşkil etadi, maʼlumotlarni uzatişdagi keçikiş esa 100 km gaça bölgan marşrutda bir millisekunddan kam böladi.

2027–2028-yillarda tarmoqni törtta maʼlumotlar markazigaça kengaytiriş rejalaştirilgan. Toşkentdagi ikkita platformaga Buxoro va Qöqondagi maʼlumotlar markazlari qöşiladi. Obyektlar 800 Gbit/s gaça masştablanuvçi ötkaziş qobiliyatiga ega yagona foton magistrali, şuningdek, aloqa kanallarini zaxiralaş va himoyalaş imkoniyatlari orqali boğlanadi.

Geografik jihatdan taqsimlangan maʼlumotlar markazlarini yuqori ötkaziş qobiliyati va past keçikişga ega tarmoq bilan birlaştiriş ularning hisoblaş resurslaridan birgalikda foydalaniş imkonini beradi. Bu ayniqsa sunʼiy intellektning taqsimlangan vazifalari, real vaqt rejimida maʼlumotlarni qayta işlaş, videotahlil, raqamli egizaklar, yaʼni real obyektlar va jarayonlarning virtual modellari hamda «aqlli şaharlar» xizmatlari uçun muhimdir.

«Uztelecom mamlakatning raqamli infratuzilmasini izçil rivojlantirmoqda. Iqtisodiyotning ösib borayotgan ehtiyojlari nafaqat yangi maʼlumotlar markazlarini, balki ularni yagona yuqori samarali tizimga birlaştirişga qodir bölgan zamonaviy tarmoq texnologiyalarini ham talab qilmoqda. Şuning uçun biz yaponiyalik hamkorlarimiz bilan birgalikda uşbu sohadagi eng ilğor yeçimlardan birini sinovdan ötkazmoqdamiz. Loyiha sunʼiy intellekt, bulutli xizmatlar va boşqa raqamli texnologiyalarni rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi, şuningdek, «Özbekiston - 2030» strategiyasini amalga oşirişga hissa qöşadi», - dedi Uztelecom kompaniyasining istiqbolli rivojlaniş va investitsiya loyihalari departamenti direktori Umar Izbasarov.

Loyiha doirasida Uztelecom Özbekistondagi pilot loyihaning taşabbuskori va buyurtmaçisi hisoblanadi. Toyota Tsusho Corporation infratuzilmani kompleks integratsiya qiliş uçun masʼul, NTT DOCOMO BUSINESS IOWN va APN böyiça ekspertiza hamda texnologiyalarni taqdim etadi, NEC esa APN uskunalari va texnik yeçimlarni taqdim etadi.

Loyiha Yaponiya Içki işlar va kommunikatsiyalar vazirligi (MIC) buyurtmasi asosida ötkazilgan tadqiqot kömagida amalga oşirilmoqda.