Somalining sobiq boş vaziri Muhammad Abdullohiy Muhammad mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi. Reuters agentligi bergan ma'lumotga köra, u qasamyod ham qilgan. Şu paytgaça davlat rahbari bölib kelgan Hasan Şayx Mohamud öz mağlubiyatini tan olgan.
Ma'lumotlarga köra, Muhammad Abdullohiy Muhammad ikki davlat fuqarosi bölib, AQŞda öqigan va şu davlat fuqaroligini olgan.
Yangi prezident 8 fevral kuni ötkazilgan saylovlarning ikkinçi tur natijalariga köra saylangan. Aynan şu kuni ötkazilgan birinçi tur heç bir nomzodga ğalaba keltirmagandi. Ğolibni Somali parlamentidagi 219 deputat qöllab-quvvatlaşi zarur edi.
Saylovlar mamlakat poytaxti Mogadişodagi eng xavfsiz joylardan biri bölmiş aeroport hududida ötkazilgan.
Somalida prezidentni ikki palatali Federal parlament deputatlari saylaşadi. Mana şu oyda parlamentning har ikki palatasida yangilaniş sodir böldi va ularning rahbarlari ham özgardi. Xalq (quyi) palataga Muhammad Usmon Javariy rahbar etib tayinlangan bölsa, Yuqori palataga Abdi Xaşi Abdullohiy boş böldi.











