AQŞ prezidenti Donald Trampning Meksika bilan çegaralarda barpo etişni rejalaştirgan devori Amerika soliq tölovçilariga 21,6 mlrd dollarga tuşadi. Tramp uşbu devor vositasida mamlakati xavfsizligini ta'minlaş niyatida. Bu haqda Reyter agentligi içki xavfsizlik vazirligiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Hujjatda körsatilişiça, bu devor va tösiqlarning töliq tizimi böladi. Rejaga muvofiq, davlat çegarasi şu yöl bilan 2 ming kilometrlar masofada aniq şaklni kasb etadi. Taxminlarga köra, barça işlar 2020 yilgaça yakunlanadi.
Avvalroq, Tramp Meksikadan AQŞga noqonuniy muhojirlar oqimi va giyohvand moddalari bilan savdo qiluvçi jinoiy guruhlar faoliyatiga barham beriş uçun devor quriş zarurligini aytgan edi. Prezident, şuningdek, devor uçun vatandoşlari pul tölamasligini, balki Meksika hisobidan qurilişini aytgandi.












