Jahon | 08:17 / 10.02.2017
3083
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi Yaqin Sharqqa tashrif buyuradi va Myunxen anjumanida ishtirok etadi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Yaqin Sharq davlatlari bo‘yicha ilk turnesiga jo‘naydi hamda Turkiya va Germaniyaga ham tashrif buyuradi. Guterresh Germaniyada xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumanida va "katta yigirmatalik" uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda BMT matbuot xizmatida ma'lum qilindi.

Guterresh Turkiyaga Nyu-York vaqti bilan 9 fevralda tungi vaqt (Toshkent vaqti bilan 10 fevral) jo‘nashi belgilangan. BMT bosh kotibi Istanbulda Turkiya prezidenti va bosh vaziri bilan uchrashadi. Guterresh so‘ngra Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga tashrif buyurib, u yerda mamlakat qiroli, valiahd shahzoda va uning o‘rinbosari bilan uchrashadi. Guterresh Saudiya Arabistonidan Dubayga yo‘l oladi va u yerda xalqaro hukumat sammitida va BAA rahbariyati bilan uchrashadi.  Guterresh, shuningdek, Ummon va Qatarga tashrif buyuradi.

BMT bosh kotibi Misrda prezident Abdul-Fattoh As-Sisiy va Misr hukumati a'zolari bilan uchrashadi.

Guterresh Misrdan Germaniyaning Bonn shahriga G20’ning vazirlik sammitiga, so‘ngra Myunxen anjumaniga yo‘l oladi. "Bosh kotib tinchlik va ko‘p tomonlama yondashuvga sodiqlik uchun diplomatiyani ko‘tarish zarurligi masalasini ko‘taradi. U davlatlarga o‘zaro ishonchni yo‘lga qo‘yish va xalqaro tinchlikka xavf soluvchi tahdidlarga javob berishda yordam berish uchun BMTning samarali faoliyatini ta'minlash maqsadida boshlagan turli darajadagi islohotlarini ta'kidlab o‘tadi", deb aytildi xabarda.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid