Energiya samaradorligiga erişiş: tanqid, tahlil, taklif
|16:31 / 10.02.201720 49913 min
Makroiqtisodiy mutanosiblik va barqaror ösiş sur'atlariga erişişning muhim şartlaridan biri iqtisodiyotda tarkibiy özgartirişlarni izçil davom ettiriş, şu jumladan, mahalliy xomaşyo hamda materiallarni çuqur qayta işlaş orqali işlab çiqariş va eksport tarkibida yuqori qöşimça qiymatga ega tayyor mahsulotlar uluşini köpaytiriş hisoblanadi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan aniq hamda keng kölamli islohotlar qölga kiritilayotgan ulkan natijalarga mustahkam zamin yaratmoqda. Ötgan çorak asrda Özbekiston iqtisodiyoti 6 baravar ösgani, hali-hanuz davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozning salbiy ta'sirlariga qaramasdan, yurtimizning barqaror rivojlanib borayotgani buning yaqqol tasdiğidir.
Milliy iqtisodiyot raqobatdoşligini kuçaytiriş va tarkibiy islohotlarni amalga oşiriş böyiça uzoq muddatli strategiyani röyobga çiqariş, muvaffaqiyatlarni mustahkamlaş uçun yana bir qator dolzarb masalalarni hal qiliş talab etiladi. Xususan, mamlakatda energetika resurslaridan foydalaniş tizimi tubdan qayta körib çiqilib, taraqqiyotning energiya samaradorligini ta'minlaydigan modeliga ötiş bugungi kun zaruratidir.
Binobarin, respublikamizda sanoatlaşiş sur'ati hamda aholi sonining jadal ösişi tufayli energiya iste'moli, ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlarining energetika resurslariga bölgan ehtiyoji sezilarli darajada ortib boraveradi. Çunki BMT prognozlariga köra, 2030 yilga borib, Özbekiston aholisi 37 million nafarga yetişi mumkin.
Bu, öz navbatida, uglevodorod resurslarini tejaş va ulardan oqilona foydalanişni taqozo qiladi. Nega deganda, uşbu xomaşyo zaxiralari çegaralangan. Hisob-kitoblarga qaraganda, resurslar iste'molining bugungi hajmi saqlanib qoladigan bölsa, 2030 yilda energetika resurslarining tanqisligi jami ehtiyojga nisbatan 65,4 foizni taşkil qilişi ehtimoli bor.
Uglevodorod resurslari orasida tabiiy gazga alohida e'tibor talab etiladi. Çunki elektr energetikasida birlamçi issiqlik-energetika resurslari ehtiyojlari tarkibida tabiiy gazga boğliqlik 85 foizdan ortadi. Tabiiy gaz sarfining 42 foizi elektr energiyasini işlab çiqarişga, 27 foizi aholi, 26 foizi iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini ta'minlaşga töğri keladi. Şuning öziyoq, birinçi galda, tabiiy gazdan issiqlik elektr stansiyalari (IES)da elektr va issiqlik energiyasi işlab çiqariş uçun foydalaniş samaradorligini oşiriş zarurligini körsatadi.
Afsuski, bugungi kunda sohaning joriy texnik holati şu darajadaki, IESda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar tannarxida xarajatlar uluşi örtaça 94,5 foizni, ayrim stansiyalarda esa
Mavzuga oid
100 foizdan ortiqni taşkil etmoqda
. Issiqlik elektr stansiya-larida sohaviy asbob-uskunalarning eskirişi örtaça 91,73 foiz ekani bunga sabab bölayotir. 2015 yilda “Özbek¬energo” AJ kondensatsion issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasini işlab çiqarişda foydali iş koeffitsiyenti 28,4 — 42 foiz örtasida, örtaça esa 33,5 foizni taşkil qildi. Bu Yevropa Ittifoqi, Janubi-Şarqiy Osiyoda foydalanilayotgan şu turdagi zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari körsatkiçlaridan
1,5 baravar kamdir.
Tabiiyki, 1 kVt. soat elektr energiyasini işlab çiqariş uçun xorijdagi elektr energiyasi işlab çiqaruvçilari bilan taqqoslaganda köproq issiqlik-energetika resurslari sarflanmoqda. Masalan, 2015 yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari zamonaviy IESlarida 1 kVt. soat elektr energiyasini hosil qilişga 269 gramm şartli yonilği sarflangan bölsa, “Özbekenergo” AJ issiqlik elektr stansiyalarida bu körsatkiç qariyb 374,9 grammga yetadi.
Hozirgi kunda Navoiy, Tolimarjon, Toşkent issiqlik elektr stansiyalarida amalga oşirilayotgan buğ-gaz va gaz turbinasi quriş işlari, şuningdek, yaqin kelajakda Töraqörğon, Taxiatoş, Sirdaryo IESlarida ham bunday işlar közda tutilayotgani sohada yonilği sarfini 1 kVt. soat elektr energiyasi işlab çiqariş uçun 269 — 300 grammgaça şartli yonilğiga qisqartiriş imkonini beradi. Bu sa'y-harakatlar, şubhasiz, energetika sohasida barqaror rivojlanişni ta'minlaş yölidagi strategik vazifalardan biri bölgan yonilğini qat'iy tejaş, elektr va issiqlik energiyasini işlab çiqariş tannarxini pasaytirişga xizmat qiladi.
Kimyo sanoatidagi yuqori energiya sarfi öz-özidan mahsulot tannarxining ortişiga hamda uning yetarli darajada raqobatdoş emasligiga asosiy sabab bölmoqda. Özbekiston kimyo sanoati korxonalarida mahsulot çiqariş narxida xarajatlar uluşi 99,7-100 foizni taşkil qiladi. Ulardan 64 foizi aynan energetika resurslariga sarflanadi. Vaholonki, zamonaviy texnologiya va asbob-uskunalarni qöllaydigan xorijiy korxonalarda bu körsatkiç 25 — 30 foizdan iborat, xolos.
Xususan, Özbekistonda bir tonna ammiak işlab çiqarişga 1868 kub metr tabiiy gaz sarflanadi. Agar bu jarayonda Haldor Topsoe rusumli zamonaviy uskunalardan foydalanilganda, mazkur körsatkiç 902 kub metrdan oşmaydi. Ya'ni yurtimiz korxonalarida ammiak işlab çiqarişga tabiiy gaz sarfi zamonaviy texnologiyalar qöllanilgandagiga qaraganda 2,1 baravardan ham ziyoddir. Bunday işlab çiqariş sub'yektlarida elektr energiyasi turdoş zamonaviy korxonalardagiga nisbatan 1,5 — 2,5 baravar köp işlatiladi. Qolaversa, eskirgan asbob-uskunalar ta'mirtalab bölib qolgani sababli ularning ekspluatatsiyasi xarajatlari 1,5 — 2 baravar köproqdir.
Hisob-kitoblar şuni körsatayaptiki, Özbekistonda birmunça tejamkor quvvatlar işga tuşirilsa, energiya sarfini 2 — 2,5 baravarga, ammiakning tannarxini esa 1,8 baravarga pasaytiriş mumkin. Bunday holat boşqa turdagi mineral öğitlar işlab çiqarişda ham kuzatilmoqda. Masalan, azot işlab çiqarişda mahsulot tannarxida energiya resurslarining uluşi 70 foizdan ortiqni taşkil qiladi, energiya sarfi esa xorijdagiga nisbatan 2 — 2,5 baravardan oşadi.
Umuman, kimyo sanoatida energiya iste'moli bir foizga kamayişi mahsulot tannarxini 0,6-0,8 foizga pasaytiriş imkonini beradi.
Şuni alohida qayd etiş kerakki, bugun kimyo sohasidagi korxonalar tomonidan işlab çiqarilayotgan mineral öğitlar monopol mahsulotlar reyestriga kiritilgan. Monopol mahsulot narxida közda tutilgan daromad har doim ham işlab çiqariş quvvatlarini yangilaş, korxonani rivojlantiriş hamda moliyaviy-iqtisodiy xavflarning oldini oliş maqsadida öz aylanma mablağini töldiriş uçun yetmaydi.
Bundan taşqari, mineral öğit sotib oladiganlar — qişloq xöjaligi korxonalarining debitor qarzdorligi, ikkinçi tarafdan işlab çiqarilgan mahsulotning me'yordan ziyod qoldiği mavjudligi tufayli vaziyat yanada çuqurlaşib, energiya resursi yetkazib beruvçilar kreditor qarzdorligining ortişiga sabab bölmoqda.
Bunda kimyo sanoatida energiya samaradorligini oşiriş mavjud ammiak va azot işlab çiqariş quvvatlarini ilğor texnologiyalarni joriy qiliş orqali töliq modernizatsiyalaşni hamda energiya köp iste'mol qiladigan quvvatlarni ekspluatatsiyadan çiqarişni taqozo etmoqda. Bu ammiak tayyorlaşda energiya sarfini 1,5 — 2 baravarga kamaytirişga zamin yaratadi. Navoiy viloyatida “Navoiyazot”ning eskirgan quvvatlari örnida ammiak, karbamid va azot kislotasi işlab çiqaradigan zamonaviy quvvatlarni quriş töğrisida qaror qabul qilingan bölsa-da, “Farğonaazot”da bu borada aniq bir strategiya yöq. Taassufli tomoni şundaki, uşbu korxona mahsulotlari taşqi bozor u yoqda tursin, içki bozordagi raqobatga ham bardoş bera olmayapti.
Quriliş materiallari sanoati ham issiqlik-energetika resurslarining yirik iste'molçisi hisoblanadi. Mazkur sohada mahsulot işlab çiqariş hamda sotişda yonilği va energiya sarfi uluşi 50 foizga yetadi. Bu, albatta, ötgan asrda qurilgan zavodlarda hali ham eskirgan texnologiyalardan foydalanilayotgani natijasidir. Bugun sement işlab çiqaradigan uçta zavodda yuqori energiya sarfiga ega bölgan “höl” deb ataladigan usul keng qöllaniladi. Misol uçun, “Ohangaronsement”da bir tonna mahsulot işlab çiqarişga 286,7 kilogramm, “Quvasoysement”da 246,6 kilogramm, “Bekobodsement”da esa 230 kilogramm şartli yonilği ketadi. Mamlakatimizdagi sement zavodlaridan faqatgina “Qizilqum¬sement”da kam, ya'ni 130 kilogramm şartli yonilği sarflanadi. Bu “quruq” usuli amaliyotga tatbiq etilgani samarasidir. Ammo uşbu körsatkiç ham Yaponiya, Koreya Respublikasidagi tegişli korxonalar bilan qiyoslanganda, 30 foiz köp. “Quruq” usulida işlaydigan mazkur korxonalarda şartli yonilğining barça sarfi bir tonna klinkerga 120 kilogrammdan oşmaydi. Xitoy va Turkiyadagi sement zavodlari ham xuddi şunday körsatkiçlarga ega. Va aynan ular içki bozordagi mahalliy işlab çiqaruvçilar bilan asosiy raqobatga kirişadi. Natijada özimizning sement mahsulotimiz narx omili sabab raqobatda öz mavqeini boy berib qöymoqda.
Samaradorligi yuqori bölgan texnologiyalarni joriy etiş orqali energiya iste'molini, hatto, 30 foizga kamaytiriş istiqbolda sement zavodlarida 230 ming tonna şartli ¬yonilği yoki 200 million kub metr tabiiy gaz tejab qoliş imkonini -beradi. Pirovardida sement tannarxi 15 — 20 foiz arzonlaşadi.
Şuningdek, ğişt işlab çiqarişda ham energiya resurslari katta miqdorda sarflanadi. Xalqaro amaliyot şuni körsatayaptiki, işlab çiqarişda energiya sarfini keskin kamaytiradigan texnologiyalar mavjud. Jumladan, gaz ötkazmaydigan tunnel peçlarini qöllaş, böşliqni kengaytiriş orqali yonilği sarfini örtaça 30 — 40 foiz iqtisod qiliş mumkin. Ammo uşbu texnologiyalar mamlakatimizdagi korxonalarda ommalaşmayapti.
Şu ma'noda, yurtimizda quriliş sanoati korxonalarini tubdan modernizatsiyalaş, amaliyotga yuqori texnologik liniyalarni joriy qiliş zarur. Bunda, ayniqsa, energiya tejamkor texnologiyalarga alohida e'tibor qaratiş lozim. Masalan, ğovakli kavakda ğişt işlab çiqarişni yölga qöyiş yonilği sarfini 15 foiz qisqartiradi. Qurilişda işlatiladigan hamda issiq saqlaydigan materiallarning zamonaviy turlarini işlab çiqarişni özlaştiriş ham juda muhim. Negaki, devor konstruksiyasidagi 1 kub metr şunday material 3 mingta ğiştning issiqlikni izolyatsiyalovçi xususiyatini özida mujassam etadi. Vaholonki, mahsulot işlab çiqarişga atigi 50 kilogramm şartli yonilği ketsa, 3 ming dona ğişt tayyorlaşga 1000 kilogramm şartli yonilği sarflanadi.
Energiyani tejaş böyiça şu va boşqa çora-tadbirlar quriliş materiallari sanoatida energiya sarfini keskin kamaytirişga, natijada mahsulotning tannarxini pasaytirişga olib keladi. Bu, ayniqsa, içki va taşqi bozordagi raqobatda juda muhim örin tutadi.
Darhaqiqat, energiya samaradorligini oşiriş energetik resurslarni, birinçi galda, Özbekiston uçun strategik ahamiyatga ega bölgan tabiiy gazni iqtisod qilişga, ayni paytda yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqarişga keng yöl oçadi. Masalan, 3,5 milliard kub metr tabiiy gazni sintetik suyultirilgan yonilğiga aylantiriş xom aşyoga nisbatan qöşimça qiymatni 7 — 9 baravar oşiriş imkonini beradi. Hisob-kitoblar şuni körsatayaptiki, Özbekistonda gazni GTL texnologiyasi böyiça qayta işlaş orqali mahsulot tayyorlaş tannarxi dunyo körsatkiçlaridan birmunça past. Xususan, metanol işlab çiqariş 2 baravar, sintetik yonilği 1,6 baravar arzon böladi. Bu gazning eksport narxlari böyiça qiymatini hisobga olgan şaroitda ham yuqori raqobat körsatkiçlariga erişişda muhim omildir.
Bunday misollarni köplab keltiriş mumkin. Deylik, ming kub metr tabiiy gaz qiymatini birlik sifatida oladigan bölsak, undan plastik mahsulotlar işlab çiqarilsa, bozor qiymati 15 baravar ösadi, tayyor mahsulotlar 25 marta köpayadi. Körinib turibdiki, tabiiy gaz eksportining ortib borayotgan qismini qayta işlaş natijasida olingan mahsulotlarni eksport qiliş jadallaştirilişi maqsadga muvofiq.
Şu bilan birga, energiya resurslarini tejaşdan qolgan qöşimça mablağni iqtisodiyotimizning yetakçi korxonalarini modernizatsiyalaşga, ularni zamonaviy energiya tejamkor, yuqori işlab çiqariş quvvatiga ega asbob-uskunalar xaridiga yönaltiriş mumkin. Bu, energiya samaradorligini joriy qiliş orqali tayyorlanayotgan mahsulotning tannarxini pasaytiriş, içki va taşqi bozorlarda raqobatdoşligini oşiriş, pirovardida tarkibiy özgarişlarni jadallaştirişga xizmat qiladi.
Bularning barçasi energiya samaradorligini oşiriş böyiça uzoq muddatli davlat strategiyasini işlab çiqiş va qabul qiliş zaruratini tuğdirmoqda. Unda iqtisodiyotning barça soha hamda tarmoğida energiyani tejaş, xalq xöjaligi va aholi iste'molida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, elektr energiyasi işlab çiqariş böyiça zamonaviy quvvatlarni işga tuşiriş, “yaşil iqtisodiyot”ga ötiş masalalarini kompleks hal qiliş yöllari ¬nazarda tutilardi. Energiya samaradorligini yuksaltirişdek foydalanilmay yotgan ulkan zaxirani işga soliş, şubhasiz, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan belgilab berilgan milliy iqtisodiyotimizning raqobatdoşligini oşiriş hamda yalpi içki mahsulotimizning yuqori sur'atlarda ösişini ta'minlaş böyiça ¬ustuvor vazifalarni hal qilişda muhim örin tutadi.
Iqtisodiy tadqiqotlar markazi materiallari
asosida tayyorlandi.