Facebook asosçisi Mark Tsukerberg öz sahifasida Oculus VR tadqiqot laboratoriyasidan olingan bir neça fotosuratni taqdim etdi. Kompaniya virtual reallik texnologiyasini işlab çiqiş bilan şuğullanadi.

Tsukerbergning sözlariga köra, laboratoriya Vaşington ştatidagi Redmond şahrida joylaşgan. Uning mutaxassislari optik texnologiyalar, közlar harakatini kuzatib turiş tizimlari, aralaşgan reallik va boşqa yönalişlar böyiça işlaydi. Jamoaga sobiq öyinlar dasturçisi va Valve xodimi Maykl Abraş rahbarlik qiladi. U Oculus VR’ga 2014 yilda kelib qöşilgan.

Tsukerberg surat çiziş, virtual klaviaturada matnlar kiritiş va «hattoki örgimçak-Inson kabi örgimçak törini otişi mumkin bölgan» maxsus qölqoplarni körsatdi.

Jamoa tovuş tajribalarini ötkaziş maqsadida ikkinçi aks-sado bermaydigan kamerani qurmoqda – Tsukerbergning sözlariga köra, bu «dunyodagi eng tinç joy böladiki, unda yuragingiz urişini ham eşitişingiz mumkin böladi».

Kiçik detallarni işlab çiqariş uçun kamçiliklarga yöl qöymaslik maqsadida hammasini tozalikda saqlaş lozim, deb yozadi Tsukerberg. U maxsus toza xona haqida söz yuritgan.

Tsukerbergning sözlariga köra, laboratoriyada yangi turdagi linzalar va qurilmalar yaratişda olmosga işlov beriş böyiça texnologiya qöllaniladi.