Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga safari davomida Angor tumanidagi Zang Gilambob qişloğida Şodi bobo Xuşboqov xonadonida böldi.  ÖzA bergan xabarga köra, prezident Şodi bobo va uning umr yöldoşi Salomat momo bilan oilaning kundalik hayoti, farzandlar va nabiralarning tarbiyasi töğrisida suhbatlaşdi. 

«Siz kabi köpni körgan, yuzidan nur yoğilib turgan otaxon va onaxonlar jamiyatimizning mustahkam zamini, yurtimizning fayzu barakasidir», degan prezident. 

Yerdan unumli foydalanilsa, Surxondaryo şaroitida yilda uç martagaça hosil oliş mumkinligi, harakat qilgan odam özini ham, xalqini ham boy qilişi ta'kidlandi. Mamlakatda amalga oşirilayotgan özgarişlar, istiqboldagi reja va ezgu maqsadlar haqida söz yuritildi. 

Xonadon egalari davlat rahbari xalq içiga kirib, odamlarning fikrini örganayotganidan yurtdoşlar juda mamnun bölayotganini ta'kidlaşdi. Odamlar oğirini yengil qiliş, turmuşini yanada farovon etiş borasidagi ulkan, tizimli işlari uçun prezidentga samimiy minnatdorçilik bildirildi.