Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Termiz tumanidagi “Gold Agro Fresh” agrofirmasi faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Xalqimiz farovonligi, yurtimiz bozorlarining qişin-yozin tökinligiga Surxondaryo fermer va dehqonlari ham munosib hissa qöşmoqda. Mamlakatimizdagi ekin maydonlarining 7 foizi mazkur viloyatga töğri keladi. Voha dehqonlari yurtimizda yetiştiriladigan paxta va ğallaning 8-9 foizini, meva va sabzavotning 11 foizdan ziyodini yetkazib bermoqda.
Keyingi yillarda paxta maydonlari qisqartirilib, qişloq xöjaligi tarkibiy özgartirilayotgani natijasida meva-sabzavot yetiştiriş köpaymoqda, ularni qayta işlaş sanoati rivojlantirilmoqda.
“Gold Agro Fresh” agrofirmasi sabzavot mahsulotlari yetiştiriş va ularni eksport qilişga ixtisoslaşgan istiqbolli loyihalardan biridir. Qiymati 35 million AQŞ dollari bölgan korxonaning zamonaviy issiqxonalarida yiliga 30 million dollarlik mahsulot eksport qiliş, 1000 iş örni yaratiş rejalaştirilgan. Hozirda 20 gektarlik 15 blokda pomidor, gulkaram, brokkoli, rukkolo va yalpizning xaridorgir navlari östirilmoqda. Barça 70 blok işga tuşgaç issiqxonalar 100 gektardan oşadi. Bundan taşqari, 434 gektar yerda mavsumiy ekinlar ekilib, 23 million dollarlik mahsulot eksport qiliş, 2 ming 100 kişini iş bilan ta'minlaş, kelgusida 100 gektar yerda intensiv boğ yaratiş rejalaştirilgan.
Prezidentimiz bu yerda yetiştiriladigan mahsulotlarning turini kengaytiriş, 5 ming gektarda anor, 5 ming gektarda limon yetiştirişni yölga qöyiş, odamlarning daromadini köpaytiriş zarurligini ta'kidladi.
Davlatimiz rahbari şu yerning özida meva-sabzavotçilik, parrandaçilik, çorvaçilik kabi tarmoqlardagi istiqbolli loyihalar bilan ham tanişdi.
Angor tumanida qurilayotgan meva-sabzavotlarni yetiştiriş, saqlaş va qayta işlaşga ixtisoslaştirilgan "Angor Gold Fruits" mas'uliyati çeklangan jamiyati loyihasiga muvofiq 530 gektar intensiv boğ, uç ming tonna meva-sabzavotlarni saqlaş imkoniyatiga ega muzxona qurilişi közda tutilmoqda.
Jarqörğon tumanida qurilişi rejalaştirilayotgan “Fabullo stroy servis” mas'uliyati çeklangan jamiyati ham meva-sabzavot yetiştiriş, saqlaş va qayta işlaşga ixtisoslaştirilgan.
Mazkur loyiha amalga oşirilişi natijasida 150 yangi iş örni yaratiladi. Zamonaviy issiqxonada 600 tonna meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetiştiriladi va eksport qilinadi. Siğimi 2 ming tonna bölgan zamonaviy muzlatgiçda yil davomida 6 ming tonna mahsulot aylanadi. Meva-sabzavot mahsulotlarini quritiş uskunasining quvvatini yiliga 8 ming tonnaga yetkaziş möljallanmoqda.












