AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) sobiq xodimi Edvard Snouden advokati Anatoliy Kuçerena mijozining AQŞga topşirilişiga asos körmayapti. U bu xususda jahon OAVda paydo bölgan xabarlarni miş-miş sifatida baholadi.
"Edvard Snoudenni AQŞga topşiriş böyiça asos yöq. Bu öziga yaraşa, aytiş mumkinki, AQŞ maxsus xizmatlarining firibgarliklaridir. Öylaymanki, bu mavzu AQŞ siyosatida qanday bölgan bölsa, şundayligiça qolmoqda. Ammo, Snouden borasida şov-şuv kötarayotganlar Amerika maxsus xizmatlaridir, ular vaqt-vaqti bilan şu kabi miş-mişlarni tarqatişmoqda", - degan Kuçerena.
U Snouden Rossiyada yaşaş va işlaşga ruxsati borligi, mamlakat qonunlariga rioya qilayotganini ta'kidlagan. "Bu mavzuni körib çiqiş uçun kiçik bölsa-da asos yöq", - deya izoh bergan Snouden advokati.
"Obama ma'muriyatida Rossiyani nimalargadir tortişga urindi. Ammo, xotirlatiş örinliki, Rossiya insonlar bilan savdo qilmaydi. Rossiya inson huquq va erkinliklari bilan savdo qilmaydi. Şunga köra, bu şunday xabarlarni çiqarayotganlarning vijdoniga havola", - degan Kuçerena. Uning qöşimça qilişiça, "Snouden masalasi iqtisodiy va siyosiy jihatdan ham savdolaşiş mavzusi böla olmaydi".
Avvalroq, NBC telekanali tarqatgan xabarga köra, AQŞ razvedkasi Rossiya maxsus xizmatlari MRB sobiq xodimi Edvard Snoudenni prezident Donald Trampga "hadya qiliş" masalasini körib çiqayotgani haqida ma'lumotlarga egaligini ta'kidlagan.












