Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga taşrifi davomida Şerobod tumanidagi “Ğurjak-1” massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylar, bu yerda aholi uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Davlat rahbarining 2016 yil 21 oktabrdagi “2017-2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi töğrisida”gi qaroriga muvofiq Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida Surxon vohasida 1009 arzon va zamonaviy uy-joy barpo etilmoqda.
Şerobod tumanidagi “Ğurjak-1” massivida qisqa muddatda 32 xonadondan iborat 2 qavatli ikkita, xöjalik imoratlari va alohida hovlisi bölgan bir qavatli önta şinam uy bunyod etilib, foydalanişga topşirildi.
Zamonaviy va milliy me'morlik andozalari asosida qurilgan yangi massivda ijtimoiy infratuzilma obektlari, servis va xizmat körsatiş şoxobçalari bunyod etilgan. Tabiiy gaz, toza içimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta'minlangan.
Davlat rahbari yoş oila Öktam Abdullayev va Malohat Jumayeva xonadonida bölib, ularni yangi uyga köçib ötgani bilan tabrikladi. 3 xonali uyning hovlisida qişloq xöjaligi mahsulotlari ekiş uçun tomorqa bor.
Prezident yangi uyda yoş oila baxtiyor va farovon yaşaşi uçun yaratilgan qulayliklar bilan qiziqdi. Xonadon sohibining buvisi Karomat momo Abdullayeva körkam, obod va şinam uylarni olişda keng imkoniyatlar yaratilayotgani, bu yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş, ularning manfaatlarini ta'minlaşga xizmat qilayotganini aytib, prezidentni duo qildi.
Şavkat Mirziyoyev 16 xonadondan iborat ikki qavatli uyda yaşayotgan uy sohiblari bilan ham suhbatlaşdi. Xalqimizning tobora ösib borayotgan talab va ehtiyojlarini qondiriş, ular uçun munosib hayot şaroitlari yaratib beriş bugungi kundagi asosiy vazifalardan ekanini alohida qayd etdi. Mutasaddi rahbarlarga viloyatning qişloq massivlarida aholiga şaharlardagidan qolişmaydigan turmuş şaroitlari yaratiş, yakka tartibda uy-joy quriş kölamini yanada kengaytiriş yuzasidan tegişli tavsiyalar berdi.












