Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga BMT Boş Assambleyasi tomonidan 12 dekabrni Xalqaro betaraflik kuni deb e'lon qiliş töğrisidagi Rezolyutsiya qabul qilinişi munosabati bilan çin dildan tabriklab maktub yölladi.

«Uşbu qaror, heç bir mubolağasiz, tarixiy ahamiyatga ega voqea böldi. Şaxsan siz tomoningizdan ilgari surilgan taşabbusni jahon hamjamiyatining barça a'zolari tomonidan bir ovozdan ma'qullanişi xalqaro sahnada Turkmanistonning yuqori mavqega ega ekanligini, bizning keng mintaqamizda xavfsizlik, barqarorlik va izçil rivojlanişni ta'minlaşda Sizning xizmatlaringiz va hissangizni barça tomonidan tan olinişini yaqqol körsatdi», deya ta'kidlangan maktubda.

Özbekiston rahbari ta'kidlaganidek, Özbekistonda Turkmaniston bilan döstlik va qöşniçilik munosabatlari alohida qadrlanadi.

«Bizning davlatlarimiz xalqaro siyosat va mintaqaviy barqarorlikning dolzarb masalalari böyiça umumiy yoki öxşaş pozitsiyaga ega», degan davlat rahbari.

Şavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam soğlik, mas'uliyatli davlat işlarida yangi zafarlar, Turkmaniston xalqiga esa tinçlik, farovonlik va yanada ravnaq topişni tiladi.