AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy dastur böyiça bitim "Isroil uçun falokat" ekanini aytdi. U bu haqda Israel Hayom naşriga bergan intervyusida aytdi.
"Eron bilan bitim Isroil uçun falokat bölgan. Uning tuzilgani aqlga siğmaydi. U böyiça muzokaralar yomon ketgan va u yomon bajarilgan", deb aytgan Tramp.
Tramp özini "bitimlar odami" deb atagan va ular bilan boğliq barça masalalarni tuşunişini ta'kidlab ötgan.
"Men qayerda yaxşi, qayerda yomon bitim tuzilganini bilaman, biroq bu bitim tasavvurdan yiroq", deb aytgan Tramp.
Tramp Eron bu bitimga qanday munosabat bildirganiga e'tibor qaratib, Eron rahbariyati AQŞning sobiq prezidenti Barak Obamaga minnatdor bölişning örniga "u Oq uyni tark etgunça özini körsatişni boşlaganini" aytdi.
Avvalroq Eronning oliy rahnamosi oyatulloh Ali Hameneiy AQŞning tahdidlariga 10 fevralda javob berişga va'da qilgani ma'lum qilingandi.












