Özbek olimlari yonğin öçiriş xususiyatiga ega bölgan gazli konteyner uçun Özbekiston intellektual mulk agentligidan patent olişdi.

Mazkur ixtiro yonğin öçiriş texnikasida qöllanilib, pirotexnikadan foydalanmay turib işlay oladigan, yonğin öçiruvçi gazni bir maromda ötiş yöli bilan yonğinni öçira oladigan gazli konteynerdir.

"Uşbu silindr şaklidagi konteyner korpusdan iborat bölib, korpusning old qismida zarbli mexanizm örnatilgan", deb xabar berilgan Özbekiston intellektual mulk agentligi matbuot xizmatida.

Ixtiro hammualliflari Baxtiyor Mavlyankariyev, Hayot Şaripov, Yuriy Bobilev, Bahodir Hotamov, Andrey Pen va Erkaboy Sobirovga uşbu ixtiro uçun IAP 05316 raqamli patent berilgan.